AsosiyJamiyat

Buxorolik erkak qo`shxotinlikda ayblanib, unga bir yil ozodlikdan cheklash jazosi berildi

'Buxorolik erkak qo`shxotinlikda ayblanib, unga bir yil ozodlikdan cheklash jazosi berildi'ning rasmi

 

G`ijduvonda X.S. ismli fuqaro qo`shxotinlikda ayblanib sudlandi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo`yicha G`ijduvon tuman sudi raisi Boborahim Ochilov ma`lum qilgan.

1966 yili G`ijduvon tumanida tug`ilgan fuqaro Jinoyat kodeksining 126-moddasi (Ko`p xotinli bo`lish) bilan ayblangan. Ma`lum qilinishicha, X.S. 2016 yilning noyabr oyidan 2019 yilning iyul oyiga qadar qonuniy nikohdan o`tgan turmush o`rtog`i D.Y. bilan yashab kelgan. Oilada 2 nafar qiz farzandi bo`lgan. Biroq X.S. nikohida xotini bo`la turib, undan qonuniy ajrashmagan holda 2016 yilda Samarqand viloyati Qo`shrabot tumanida istiqomat qiluvchi ayol bilan ham shu xonadonda shar`iy nikoh asosida yashab kelgan.

Rasmiy nikohdagi xotini D.Y.ni «sog`lig`i yo`q, ruhiy xasta» deya o`g`il farzand tug`ib bera olmasligini aytib, doimiy bosim ostida kamsitib kelgan. 2018 yilda esa shar`iy nikohdagi xotini o`g`il farzandni dunyoga keltirgan.

Qo`sh xotinli X.S. sudda aybiga iqror bo`lib, qilmishidan pushaymonligini bildirgan. Suddan qonuniy engillik so`rab, yashash hovlisining o`rtasidan devor tiklagani, uyni ikkiga ajratgani, birinchi xotini va ikki nafar qizi uchun sharoit yaratib berganini ta`kidlagan.

Jinoyat ishlari bo`yicha G`ijduvon tuman sudi uni Jinoyat kodeksining 126-moddasi (Ko`p xotinli bo`lish) bilan aybdor deb topib, unga nisbatan bir yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar