AsosiyJinoyat

Kecha Samarqandda erkak sobiq xotinini rashkdan bo`g`ib o`ldirdi

'Kecha Samarqandda erkak sobiq xotinini rashkdan bo`g`ib o`ldirdi'ning rasmi

 

Samarqand viloyatida ayol kishining bo`g`ib o`ldirilgani holati qayd etildi. Bu haqda darakchi.uz’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, kecha, 2019 yil 25 noyabr kuni 1985 yilda tug`ilgan R.M. Paxtaobod tumani, Shovruq mahallasida yashovchi sobiq turmush o`rtog`i 1992 yilda tug`ilgan I.M.ning yashash xonadoniga keladi.

Rashk tufayli kelib chiqqan janjal oqibatida uni qo`llari bilan bo`g`ib qasddan o`ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan shu kuni R.M.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Ayni paytda u ushlangan.

    Boshqa yangiliklar