AsosiyJinoyat

Quyichirchiqda ruhiy kasal bo`lgan shaxs birovning uyiga adashib kirdi va xonadon egasini o`ldirdi

'Quyichirchiqda ruhiy kasal bo`lgan shaxs birovning uyiga adashib kirdi va xonadon egasini o`ldirdi'ning rasmi

Toshkennt viloyatida ruhiy kasal bo`lgan shaxs odam o`ldirgani aniqlandi. Bu haqda darakchi.uz’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Keltirilishicha, 2019 yil 25 noyabr kuni soat 00:30larda Quyichirchiq tumani Ulug`vol ko`chasida ruhiy kasal, 1989 yilda tug`ilgan S.N. begona xonadonga adashib kirib qoladi.

Natijada xonadon egasi, 1965 yilda tug`ilgan M.Yu. bilan janjallashib, uni oshxona pichog`i bilan qasddan o`ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan shu kuni S.N.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ayni paytda u ushlangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar