AsosiyJinoyat

Toshkent viloyatida TOYOTA PRADO avtomobili olib qochildi

'Toshkent viloyatida TOYOTA PRADO avtomobili olib qochildi'ning rasmi

2019 yil 03 dekabr kuni taxminan soat 13:15 larda fuqaro 19 yoshli Sh.T. Toshkent viloyati Toshkent tumanida fuqaro 49 yoshli B.N. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “TOYOTA PRADO” rusumli transport vositasini eshiklari qulflanmagan va o`t oldirish joyida kaliti qoldirib ketilganligidan foydalanib, avtomashinani boshqarib olib qochib ketgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Sh.T. tomonidan olib qochilgan “TOYOTA PRADO” rusumli transport vositasi ichki ishlar xodimlari tomonidan texnik soz holatda Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani Do`rmon chorrahasida ushlangan.


Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Sh.T. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va himoyachi ishtirokida so`roq qilingan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti avtomashinangizdan tushayotganingizda transport vositasini eshiklarini qulflashingizni va o`t oldirish joyida kalitini qoldirmaslikni so`raydi.



 

 

    Boshqa yangiliklar