Mamlakatimiz fuqarolari va yurtimizga kirib kelayotgan sayyohlarga O`zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan o`tish bo`yicha muayyan qonun-qoidalar to`g`risidagi targ`ibot olib borilishiga qaramay ba`zi bir shaxslar tomonidan qonunbuzarlik holatlari uchrab turmoqda.
Shu yilning 4 dekabr kuni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida DXX Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan hujjatlarni nazoratdan o`tkazish vaqtida ana shunday shaxslardan 5 nafari qo`lga olindi. Bu haqda DXX Chegara qo`shinlari xizmati xabar bermoqda.
Asli Eron Islom Respublikasi fuqarolari bo`lgan bu shaxslar taqdim etgan Ispaniya davlatining fuqarolik pasportlari tekshirilganda ularning qalbaki ekanligi ma`lum bo`ldi. Ularga nisbatan tegishli choralar ko`rildi.