AsosiyJinoyat

Olib qochilgan «Damas» topildi

'Olib qochilgan «Damas» topildi'ning rasmi

Qorako`l tumani G`allabek qishlog`ida yashovchi fuqaro Z.R. o`zining «Damas» rusumli avtoulovini Buxoro shahri Go`zal ko`chasida joylashgan avtomashinalarga texnik xizmat ko`rsatish shoxobchasi oldida qarovsiz qoldirdi. Buning oqibatida ko`p o`tmay, mashina izsiz yo`qoldi.

Ichki ishlar organlari tomonidan avtotransport vositasini topish choralari ko`rildi. Natijada avtomashina G`ijduvon tumani Buktaroy qishlog`ida yashovchi, 1968 yilda tug`ilgan fuqaro V.T.ning uyidan texnik soz holda topildi. Avtoulov ushbu fuqaro tomonidan olib qochilgani ma`lum bo`ldi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilyapti.

    Boshqa yangiliklar