Qashqadaryoda uyining turnigiga o`zini osgan 17 yoshli yigit haqida rasmiy ma`lumot berildi

Jamiyat 10.12.2019, 15:10
Teglar: Qashqadaryo, yigit, turnik
Qashqadaryoda uyining turnigiga o`zini osgan 17 yoshli yigit haqida rasmiy ma`lumot berildi

Avval xabar berganimizdek, 6 dekabr kuni erta tongda 17 yoshli B.N. Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Boyg`undi mahallasida o`z uyining hovlisida osilgan holda topilgan.

Ushbu mudhish voqea bo`yicha Qashqadaryo viloyati IIB rasmiy ma`lumot taqdim etdi.

Unga ko`ra, haqiqatdan ham, 2019 yilning 6 dekabr kuni soat 06:15 larda Koson tumani, “Boyg`undi” mahallasida yashagan voyaga etmagan B.N yashash hovlisiga o`rnatilgan temir turnikka o`zini osib, o`z joniga qasd qilgan. 

Mazkur holatni uning akasi J.N. ko`rib qolib, sirtmoqni kesib, B.N.ni Koson tumani Tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo`limiga olib borgan. Shifokorlar voyaga etmagan B.N. vafot etganligini qayd etishgan.

Hodisa joyidan B.N. o`zini osish uchun foydalangan, uzunligi 1 metr bo`lgan sintetik matodan to`qilgan ayollar bosh ro`moli daliliy ashyo sifatida prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Voyaga etmagan B.N.ning o`z joniga qasd qilishi hodisasi yuzasidan uning ota-onasi bilan suhbatlashilganda, marhum B.N. maktabda a`lo baholarga o`qiganligini, yoshligidan ichki ishlar organlarida xizmat qilish orzusida bo`lganligini, lekin voyaga etmagan B.N.ning o`z joniga qasd qilib vafot etishi, ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog`liq emasligini ta`kidlagan, uning otasi G`.A. va boshqa yaqin qarindoshlari tomonidan e`tiroz bildirilmagan.     

Hodisa yuzasidan Koson tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Qashqadaryoda 3 kunlik firma 2,6 mlrd so`mlik tenderni noqonuniy yutgani aniqlandi

29.11.2022, 18:48

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryoda 3 kunlik firma jami 2.601.000.000 so`mlik issiqxonalar o`rnatishni yutib oldi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Holatga Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi munosabat bildirdi. Ma`lum qilinishicha,...
Qashqadaryoda kadastr xodimlari 10 oy ichida 1600 dan ziyod er qonunbuzilish holatlarini aniqlashdi

14.11.2022, 09:45

Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman, shahar bo`limlari tomonidan o`tgan 10 oy vaqt davomida 1 656 ta holatda 1 647,1 gektar er maydoni...
Qashqadaryo viloyati hokimining ikki nafar o`rinbosari lavozimidan ozod etildi, yana bir o`rinbosar va tuman hokimiga hayfsan berildi

17.10.2022, 10:45

Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimovning ikki nafar o`rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot kotibi xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, hokimlik soatida bir neta rahbar...
Qashqadaryoda 2 yigit qalbaki 13.400 AQSh dollariga “Cobalt” sotib oldi

11.10.2022, 12:18

Qashqadaryo viloyatida fuqarolar tomonidan qalbaki pul muomalaga kiritlgani aniqlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 7 oktyabr kuni Shahrisabz...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1