Tergovchiga pora berishga urungan shaxsga 3 yil ozodlikdan mahrum etildi

Jinoyat 11.12.2019, 11:36
Tergovchiga pora berishga urungan shaxsga 3 yil ozodlikdan mahrum etildi

2019 yil oktyabr oyida jinoyat ishlari bo`yicha Do`stlik tuman sudining ochiq sayyor sud majlisida fuqaro tomonidan tergovchiga pora berganlik holati yuzasidan jinoyat ishi ko`rib chiqildi.

Unga ko`ra, Rustam Toshqulov tomonidan (ism-shariflar o`zgartirilgan) IIB tergovchisi S.Boymatovning xizmat xonasida, uning ish yurituvida bo`lgan jinoyat ishi bo`yicha olib borilayotgan tergov harakatlari davomida, jinoyat ishining unga nisbatan bo`lgan qismini ijobiy tomonga hal qilib berishlik evaziga, tergovchi S.Boymatovga 100 AQSh dollarini pora sifatida bergan vaqtida ushlanganligi holati yuzasidan jinoyat ishi ko`rib chiqilib, sudlanuvchi R.Toshqulov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Fuqaro R.Toshqulovning qonunlarga e`tiborsizligi, befarqligi, har bir ishni pul orqali hal qilish mumkin, degan fikri uning farzandlari va oilasi oldida, yashab turgan joyidagi hamqishloqlari orasida yuzini erga qaratdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1