2019 yilning yozida hamshishasini temir bo`lagi bilan urib o`ldirgan erkak 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.
2019 yilning 2 iyul kuni soat taxminan 13:30 atrofida giyohvandlik moddasi iste`mol qilib, mast bo`lgan Shukrullo Xurramov Urgut tumani “G`oyibota” mahallasidagi yashash uyida tanishi Ziyodullo Xoliqnazarov bilan birga spirtli ichimlik iste`mol qilgan. Aroqqa gazagi qolmaganidan so`ng, Shukrulla Xurramov gazak olib kelish maqsadida “Beshkapa” mahallasidan jigar pishirtirib olib kelish uchun uyidan chiqib ketgan.
Shukrullo Xurramovni uyda yo`qligidan foydalanmoqchi bo`lgan Ziyodullo Xoliqnazarov uning yolg`iz uxlab yotgan qizi K.T.ga tegajog`lik qilmoqchi bo`lganda u uyg`onib xonadan tashqariga qochib chiqqan.
Tashqariga chiqqan K.T. choyxonadan qaytib kelayotgan otasi Shukrullo Xurramovni ko`rib, unga Ziyodullo Xoliqnazarov tegajog`lik qilganligini aytgan. Xurramov tanishining xatti-harakatlaridan g`azablanib, spirtli ichimlik iste`moli ta`sirida og`ir darajadagi mastlik holatida bo`lgan Ziyodullo Xoliqnazarovni temir bo`lagi bilan tanasining turli sohalariga bir necha marotaba urgan. Natijada u olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.
Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand viloyat sudi sudyasi G`ayrat Ne`matovning ma`lum qilishicha, Shukrullo Xurramov Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v”,“j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 17 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.






