AsosiyJamiyat

Go`zallik qurbonlik talab qiladi, ammo o`g`rilikni emas...

'Go`zallik qurbonlik talab qiladi, ammo o`g`rilikni emas...'ning rasmi

Andijon shahrida foliyat olib borayotgan go`zallik salonlarining birida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganlik holati aniqlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga MIB xabar berdi.

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tekshirishlar davomida, go`zallik saloni elektr energiyasidan foydalanish uchun tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan, tarmoqqa o`zboshimchalik bilan ulanib olganligi ma`lum bo`lgan. 

Hisob-kitob natijalariga ko`ra, ta`minotchi korxona manfaatlariga 1 mln 232 ming so`m miqdorida zarar etkazilgan. 

Mazkur holat yuzasidan etkazilgan 1 mln 232 ming so`m zarar to`liq qoplanganligi sababli Jinoyat prosessual kodeksining 84- moddasi 1-qismi 8-bandi bilan javobgarlikdan ozod etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar