AsosiyJinoyat

Qarshida o`tmishidan xulosa chiqarmagan shaxs yana qamaldi.

'Qarshida o`tmishidan xulosa chiqarmagan shaxs yana qamaldi.'ning rasmi

Jinoyat ishlari bo`yicha Qarshi shahar sudi tomonidan 27 yoshli R.Umidjonga firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun hukm o`qildi.Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, R.Umidjon muqaddam bir necha marotaba sudlangan bo`lsada, ahloq tuzatish ishlari jazosini oxirigacha o`tamasdan turib, 2019 yilning yanvar oyida tanishi I.B.ni Qarshi shahrida joylashgan nonvoyxonaning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga yordam berishi, buning uchun 2.000.000 so`m davlat boji to`lashi kerakligi bilan aldab, 2.000.000 so`m pul mablag`larini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan.

Bundan tashqari, u o`zining jinoiy faoliyatini davom ettirib, 2019 yilning fevral oyida, I.B.ga er uchastkasi borligini, 15.000.000 so`m evaziga ushbu er uchastkasini sotishini aytib aldab,  uni ishontirib, 15.000.000 so`m pul mablag`larini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan.

  Mazkur holat yuzasidan, U.Raximovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (xavfli residivist tomonidan sodir etilgan firibgarlik) bilan ayblov e`lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Sud o`z navbatida R.Umidjonga yuqorida ko`rsatilgan firibgarlik jinoyati bo`yicha aybdor dep topib, uning o`talmay qolgan jazosini inobatga olib, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar