2019 yil 20 oktyabr kuni soat 20:30 larda 1992 yilda tug`ilgan ayol L.G.ning murdasi Yangier shahar Shodlik mahallasi Mamadaliev ko`chasida joylashgan xonadonda qotillik belgilari bilan topildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Aniqlanishicha, Sudga oid tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko`ra L.G.ning o`limi bo`ynidan bug`ish oqibatida mexanik asfiksiya sababli sodir bo`lgan.
Shundan so`ng, Mazkur holat bo`yicha Yangier shahar prokurori tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Jinoyat ishi bo`yicha olib borilgan dastlabki tergov harakatlari jarayonida aniqlanishicha, L.G. Tojikiston Respublikasi fuqarosi bo`lgan S. A. bilan yashab kelgan va 2019 yil 20 oktyabr kuni soat 11:00 larda yashab turgan xonadonida u bilan o`zaro janjallashib qoladi.
Ayol S.A.ga uning OITS (SPID) kasali bilan og`riganligini aytib haqorat qilgadi va natijada g`azabga mingan S.A. uni bug`ib o`ldirgadi.
Shundan so`ng fuqaro S.A. tergov va suddan yashirinish maqsadida Xovosobod chegara maskani orqali Tojikiston Respublikasiga o`tib ketgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida S.A. Tojikiston Respublikasi, Sug`d viloyati, Panjakent shahar IIBga sodir etgan jinoyatiga iqrorlik bildirib murojaat qilganligi aniqlangan.
Tergov organi tomonidan S. A. jinoyat ishi bo`yicha 21.10.2019 yilda Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyat sodir etganlikda ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, sudning 22.10.2019 yildagi ajrimi bilan S.A.ga sirtdan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qo`llanilgan.
Ayblanuvchi Sanjar A. Tojikiston Respublikasi fuqarosi bo`lganligi sababli jinoyat ishi Bosh prokuratura orkali tergovni davom ettirish uchun Tojikiston Respublikasi prokuraturasiga yuborildi.