Koson tumanidagi 6-umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi N.B. 4 dekabr, chorshanba kuni o`z joniga qasd qilish holatlari bilan vafot etgani haqida xabar bergan edik. Ayni paytda ba`zi ma`lumotlarda qizning yonidan xayrlashuv maktubi ham chiqqani aytilmoqda. Qashqadaryo viloyat xalq ta`limi boshqarmasining ma`lum qilishicha, ayni paytda bu tahminlar bo`yicha o`rganish olib borilmoqda
"Koson tuman xalq ta`limi bo`limiga qarashli 6-umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi 4 dekabr kuni o`z joniga qasd qilgan o`quvchi qizning sumkasida dori va vidovlashuv maktubi topilganligi ma`lumoti viloyat xalq ta`limi boshqarmasi hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan o`rganilmoqda", — deyiladi rasmiy xabarda.