Arnasoy tumanining «Zarafshon» qishloq fuqarolar yig`inida yashovchi sinfdoshlar A.P. va U.Q. ichkilik ortidan avval zo`ravonga, keyin jabrlanuvchiga aylandi.
Hammasi mast sinfdoshlarning shu qishloqda istiqomat qiluvchi X.J.ni ularning oldiga tez etib kelishini talab qilishlaridan boshlandi.
X.J. chaqiriqqa e`tibor qilmadi. Sinfdoshlar esa kattalarning gapiga kirmaydigan yigitchani so`kib, haqorat qila boshlashdi. Achchiqlangan X.J. shu atrofdagi turarjoydan oshxona pichog`ini olib chiqdi va og`zi shaloq sinfdoshlardan birining chap biqiniga ikki marta, boshqasining elkasiga bir marta tig` urdi.
Jabrlanuvchilar tuman tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo`limiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi.