Qarshida rashk xissiga berilgan shaxs qotilga aylandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Kecha, 18 dekabr kuni soat 11:00 larda Qarshi shahrida joylashgan bog`chada 1980 yilda tug`ilgan A.B. (ishchi) xotini, 1986 yilda tug`ilgan M.Q.ni (ishchi) hamkasbi, 1968 yilda tug`ilgan B.N.ga (ishchi) rashk qilib, oshxona pichog`i bilan B.N.ning ko`krak qafasining turli joylariga urib, bo`ynidan kesib, qasddan o`ldirgan.
Bunga ham “xumoridan chiqmagan” erkak turmush o`rtog`ini ham o`ldirmoqchi bo`lganda hodisa joyiga IIB xodimlari etib kelgan va ular tomonidan to`xtatib qolingan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan A.B.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. U ushlangan.