Vobkent tumanida qidiruvda bo`lgan shaxs Vladivostokda ushlandi, deya ma`lum qildi Buxoro viloyati IIB.
O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun 05.03.2015 yilda qidiruv e`lon qilingan, Vobkent tumani Shifokor MFYda ro`yxatda turuvchi, 1966 yilda tug`ilgan Tosheva Nazira Nabievna xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida Rossiya Federasiyasi Vladivostok shahri hududida ushlandi.
O`zbekiston Respublikasiga yuborildi va Buxoro xalqaro aeroportida qo`lga olinib, viloyat IIB 4-son Tergov xibsxonasiga joylashtirildi.