Joriy yilning 11 dekabr kuni Transport vazirligining Toshkent viloyati transport boshqarmasida shahar, shahar atrofi va shaharlararo (viloyat ichi) yo`nalishlarda yo`lovchilar tashishni tashkil etish bo`yicha komissiyasi tomonidan yo`nalishlar bo`yicha tender o`tkazilgan edi. Turli ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tender jarayonida ishtirok etgan ayrim korxona vakillari tomonidan noxolis ma`lumotlar taqatilmoqda.
Xususan, Telegram mesendjeridagi guruhlardan birida “Yangibozor - O`rtasaroy” (VX-364) yo`nalishi bo`yicha tender vaqtida transport idorasi mansabdori bizning hujjatlar paketimizni ochmasdan huquqimizni poymol qildi mazmunidagi murojaat e`lon qildi. Transport vazirligi ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma`lum qiladi:
“Yangibozor - O`rtasaroy” (VX-364) yo`nalish masofasi 24 km.ni tashkil etib, yo`nalishda 25+25 ta ikki tomonlama (paritet asosda) 50 ta Damas rusumli avtotransport vositalari faoliyat ko`rsatib kelgan. 2017 yil 24 noyabrda o`tkazilgan tenderda “Kolizey Avto Invest” MChJ g`olib bo`lgan hamda 2018 yil dekabrda tender bitimi muddati tugagan. Shundan keyin ushbu yo`nalish “Kolizey Avto Invest” MChJ, “Yangibozor Trans Invest” MChJ hamda “Fortuna - 368” MChJlarga vaqtinchalik biriktirib berilgan.
Tender komissiyasining 2019 yil 11 dekabrda o`tkazilgan tenderida 5 ta korxona (“Kolizey Avto Invest” MChJ, “Yangibozor Trans Invest” MChJ, “Ozodbek Sarbon Trans” MChJ, “Davron Imron Trans” MChJ, “Fortuna - 368” MChJlar) ishtirok etish takliflarini topshirgan.
Biroq ushbu yo`nalish ikki tomondan (paritet asosida) ochiq tender tanloviga qo`yilganligi sababli Komissiya tomonidan o`tkazilmadi va navbatdagi ochiq tender tanloviga qoldirildi. Komissiya ushbu yo`nalish ikki tomondan ikkita tashuvchiga biriktirilgan taqdirda haydovchilar o`rtasida kuchli nizolar va kelishmovchiliklar yuzaga kelishini inobatga olib, keyingi ochiq tender tanlovida yakka holda yo`nalishni ochiq tender tanloviga qo`yish maqsadga muvofiq bo`lishi haqida qaror qabul qildi. Vaqtinchalik biriktirish masalasi ochiq tender tanlovigacha faoliyat ko`rsatib kelgan “Kolizey Avto Invest” MChJ, “Yangibozor Trans Invest” MChJ hamda “Fortuna - 368” MChJlarda yo`nalishda ishlash huquki qoldirildi.
Tender o`tkazilayotgan vaqtda “Yangibozor Trans Invest” MChJ va “Fortuna - 368” MChJlarning vakillari tomonidan Komissiyaning ochiq tender tanlovini o`tkazishga xalaqit berish, Komissiya a`zolarining nafsoniyatiga tegib ularni haqorat qilish holatlari qayd etildi. Ushbu holat yuzasidan 11 dekabr kuni soat tahminan 21-15larda hudud uchastka noziriga xabar berildi va nozir voqea joyiga etib keldi. Komissiya tomonidan bo`lib o`tgan holatlar bo`yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, ichki ishlar bo`limiga taqdim etildi.
Komissiya “Yangibozor - O`rtasaroy” (VX-364) yo`nalishini navbatdagi o`tkaziladigan tenderda qaytadan e`lon berishga hamda tender o`tkazilgunga qadar oldingi tashuvchilar vaqtincha faoliyat ko`rsatib turishi yuzasidan qaror qabul qildi. Keyingi tenderda hujjatlar paketi ochilmagan yuqoridagi 5 ta qatnashchi pul to`lamagan holda ishtirok etishadi.