AsosiyJamiyat

“Qamchiq” dovoni transportlar harakati uchun ochildi

'“Qamchiq” dovoni transportlar harakati uchun ochildi'ning rasmi

“Qamchiq” dovonida avtotransport vositalarining  harakati yo`lga quyildi, deya xabar berdi FVV.

Avval xabar qilinganidek, 2019 yil 21 dekabr kuni soat 08:00 da A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining “Qamchiq” dovonida qor ko`chkisi havfi bo`lganligi sababli dovonda avtotrasport vositalarining harakati to`xtatilgan edi.

2019 yil 21-22 dekabr kunlari FVV, MV, IIV, “O`zavtoyo`l” davlat qo`mitasi, Toshkent viloyati Angren va Ohangaron shaxar, Ohangaron tumani hamda Namangan viloyatining Pop tumani hokimliklari kuch va vositalari tomonidan “Qamchiq” dovonining avtomobil yo`li qordan tozalandi.

“O`zgidromet” markazining qor ko`chkisi mavjud emasligi to`g`risidagi byulleteniga asosan, “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`li “Qamchiq” dovonida joriy yilning 22 dekabr kuni soat 11:40 dan avtotransport vositalarining ikki tomonlama harakati yo`lga qo`yildi.

Yo`l transport hodisalari bilan bog`liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin quyidagi mutaxassis tavsiyalariga e`tibor qaratishingizni so`raymiz:  

avtomobillarning texnik holatini to`liq ko`zdan kechirish;

dovon orqali etarli darajada yoqilg`i-moylash mahsulotlari bilan harakatlanish;

avtotexnikalarning qish mavsumida harakatlanish uchun maxsus shinalar bilan almashtirish;

haydovchilarimizning “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni yanada oshirishlari va yo`llarda to`xtab dam olishlari;  

viloyatlararo yuk tashish bilan shug`ullanuvchi tashkilotlar, firmalar, xususiy tadbirkorlar tomonidan haydovchilar bilan profilaktik tadbirlar o`tkazilishi.

“Qamchiq” dovoni bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:

“Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismi: (95) 146-87-08, (70) 662-72-49, (71) 212-70-07, (99) 837-29-38, 10-50.

 

    Boshqa yangiliklar