AsosiyJamiyat

Mirishkor tumanidagi saylovga atalgan “Ko`rdim, chiroqni yoq!” maqolasiga munosabat bildirildi

'Mirishkor tumanidagi saylovga atalgan “Ko`rdim, chiroqni yoq!” maqolasiga munosabat bildirildi'ning rasmi

Fasebook ijtimoiy tarmog`ining “Xalq bilan muloqot” guruhidagi bloger Karimberdi Turamurodning “Ko`rdim, chiroqni yoq!” sarlavhali xabar e`lon qilindi. 

Makur xabar bo`yicha  Qashqadaryo viloyat saylov komissiyasi tomonidan o`rganish olib borildi.

Keltirilishicha, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 146-moddasida saylov komissiyalari a`zolari tomonidan saylov hujjatlarini qalbakilashtirish, saylov yoki imzo varaqalariga soxta yozuvlar kiritish, berilgan ovozlarni ataylab noto`g`ri hisoblash uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Jinoyat kodeksining 10-moddasida qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart deb ta`kidlab o`tilgan.

Xabar va unga ilova qilingan video tasvirdagi ma`lumotlar huquqiy baho berilishi uchun Mirishkor tuman prokuraturasiga taqdim etildi. 

Qayd etib o`tish joizki, Saylov kodeksining 96-moddasida saylov davomida yo`l qo`yilgan, ovoz berish yakunlariga ta`sir qilgan qoidabuzarliklar sababli saylov umuman yoki ayrim saylov okruglari bo`yicha yoxud ayrim saylov uchastkalari bo`yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi belgilangan.

Boshqa yangiliklar