Nukus shahri noodatiy jinoyat sodir etildi. dagi maktablardan birida o`qituvchi bo`lib ishlaydigan G.P. internet tarmog`i orqali «Mark Robert» ismli shaxs bilan tanishib qoladi. Notanish shaxs unga AQShda joylashgan nufuzli kompaniyaga ishga kiritib qo`yishini aytib, ishonchiga kirgan.
Sodda va ishonuvchan yurtdoshimiz iyun-avgust oylari mobaynida hujjatlar, viza, yo`lkira va boshqa «xarajatlar» uchun jami 165 million 323 ming so`m pul mablag`ini xalqaro pul o`tkazmalari orqali Nigeriya davlatidagi hisob raqamlariga o`tkazib yuboradi. Tabiiyki, firibgar shu kunga qadar bergan «va`da»sining ustidan chiqmaydi.
Ayni paytda jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko`rilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






