Afsuski, fuqarolar orasidagi qarz oldi-berdisi o`z vaqtida echim topmasligi tomonlarning janjali va olishuvi bilan tugamoqda. Ana shunday holatlardan biri Samarqandda yuz berdi. Bu voqea haqida O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Xususan 2019 yil 03 dekabr kuni taxminan soat 12:30 larda Samarqand tumanidagi Konigil mahallasi hududida fuqaro 32 yoshli A.X. va 33 yoshli F.N.lar o`zaro qarz oldi-berdi masalasida janjallashib, F.N. muqaddam A.X.dan olgan 2.000.000 so`m miqdoridagi pullarni qaytarib bermaganligi sababli, A.X. qo`lidagi oshxona pichog`i bilan F.N.ga tan jarohati etkazgan, natijada F.N. jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko`ra, fuqaro F.N.ga og`ir tan jarohatlari etkazilganligi ko`rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida A.X.ga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e`lon qilinib, munosib xulq-atvorda bo`lish to`g`risida tilxat olindi. Hozirda jinoyat ishi bo`yicha ayblov xulosasi tuzilib, sudlov organiga yuborilgan.






