AsosiyJamiyat

Rasul Kusherbaev: “Ishonch bildirgan barchaga tashakkur. Bu yog`i yanada qiyin bo`ladi endi”

'Rasul Kusherbaev: “Ishonch bildirgan barchaga tashakkur. Bu yog`i yanada qiyin bo`ladi endi”'ning rasmi

Bugun, 23 dekabr kuni 14:00da kecha bo`lib o`tgan deputatlik saylovlari natijalari e`lon qilindi. Unga ko`ra, 831 nafar deputatlikka nomzodlardan 82 nafari etarli ovoz to`play olmagani uchun qayta saylovga qo`yildi.

Bu yilgi parlament saylovida xalq ichida ancha taniqli bo`lgan deputat Rasul Kusherbaev etarli ovoz to`rlab, ikkinchi marta g`alaba qozondi. 

Bu haqda “darakchi.uz”ga Kusherbaevning o`zi ma`lum qildi:

“51.8 foiz natija bilan nasib etsa yana saylanibmiz. Markaziy saylov komissiyasi rasman e`lon qilsa bo`ldi. Qo`llab turgan va ishonch bildirgan barchaga tashakkur. Bu yog`i yanada qiyin bo`ladi endi”, — dedi faol deputat.

Ma`lumot uchun: Rasul Kusherboev 1987 yil 12 yanvarda Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumanida tug`ilgan. O`zbekiston Davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Biz ham jamoamiz nomidan xalq ishonchini oqlashdek ulkan ma`suliyatni bo`yniga olgan Rasul Kusherbaevga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

    Boshqa yangiliklar