MIB Buxoro bo`limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro tumanlararo sudining 12.01.2018 yildagi ijro hujjatiga asosan Buxoro shahar Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga qarzdor Z.Haydarovdan 27 mln. 679 ming so`m soliq qarzi undirish yuzasidan belgilangan edi.
Biroq, soliq qarzdorligini bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish xatlari berilgan bo`lsada, qarzdor soliq qarzdorligini bartaraf etmadi.
Qarzdor Z.Haydarov doimiy yashash joyidan chiqib ketganligi bois, unga nisbatan 2019 yil 5 aprelda qidiruv e`lon qilingan. Byuroning Buxoro shahar bo`limi va Buxoro shahar IIO M vaFRB hamkorligida olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida qarzdor Rossiya Fedarasiyasiga chiqib ketganligi aniqlangan.
Shundan so`ng, Buxoro shahar IIO M vaFRB tomonidan qarzdor Z.Haydarovga nisbatan “Xalqaro qidiruv” e`lon qilindi va qidiruvdagi qarzdor 2019 yil 18 dekabr kuni Byuro bo`limiga olib kelindi. Majburiy ijro harakatlari davomida qarrzdor H.Haydarovdan 27 mln. 679 ming so`m soliq qarzi undirildi, deya “darakchi.uz”ga MIB ma`lum qildi.






