AsosiyJinoyat

Navoiyda elektron tarzda 4,5 million so`m o`g`irlagan uddaburon ushlandi

'Navoiyda elektron tarzda 4,5 million so`m o`g`irlagan uddaburon ushlandi'ning rasmi

2019 yil oktyabr oyi boshlarida noma`lum shaxs, 21 yoshli U.H.ning nomiga rasmiylashtirilgan plastik kartochkasi hisobidan yashirin ravishda pul o`tkazish yo`li bilan jami 4.523.000 so`m pullarni o`g`irlagan. U.H. mazkur holat yuzasidan IIBga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Zarafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida mazkur jinoyatni “Asaka bank” Zarafshon shahar filiali ish o`rganuvchisi 33 yoshli R.M. sodir etilganligi aniqlanib, ushlangan. R.M. bank filialiga murojaat qilgan U.H.dan uning nomiga rasmiylashtirilgan hisobida 6.000.000 so`m miqdorida pullari bo`lgan plastik kartochkasini naqd pul qilib berish uchun olib, ushbu plastik kartochkaga ustalik bilan o`zining telefon raqamini “OSON” dasturi orqali ulashga erishgan. Hamda 2019 yil 09-10 oktyabr kunlari yashirin ravishda ushbu karta hisobidan bo`lib-bo`lib jami 4.523.000 so`m miqdoridagi pullarni o`tkazib olib, keyinchalik ularni o`zlashtirgan.

R.M.ga nisbatan shu modda bilan ayblov e`lon qilinib, “garov” ehtiyot chorasi qo`llanilgan. 

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar