Qasddan odam o`ldirish jinoyati sodir etilganligi yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i bayonot berdi.
Joriy yilning 20 dekabr kuni tungi soat 01:30 larda M.Ulug`bek tumani, Shahriobod ko`chasida fuqaro V.K. (1978 y.t., sudlangan) birga yashab kelayotgan ayol M.K. bilan spirtli ichimlik iste`mol qilib, o`zaro janjallashib, jaxl qilgan holda ayolni voyaga etmagan farzandini uyning 4-qavatidan erga tashlab yuborgan.
Oqibatda voyaga etmagan qiz vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 23.12.2019 yilda M.Ulug`bek tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
V.K. prosessual tartibda ushlangan.Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq 20 dekabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumanida yashagan to`rt yoshli N.K. ko`p qavatli o`yda nazoratsiz qoldirilgani, buning oqibatida bola 4-qavatdagi xonadon derazasidan tushib ketgani haqida xabar berilgandi.






