AsosiyJamiyat

Ulug`norlik otalarga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi

'Ulug`norlik otalarga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi'ning rasmi

Shirin orzular og`ushida turmush qurgan Ulug`norlik D.Raxmonov va O.Qurbonovalar bir farzandli bo`lgach, ularning oilasiga darz ketadi. Natijada, ish ajrimgacha etib borib etdi. Fuqarolik ishlari bo`yicha Bo`z tumanlararo sudining 17.04.2014 yildagi sud buyrug`iga asosan qarzdor D.Raxmonovdan undiruvchi O.Qurbonova foydasiga bir nafar voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun aliment undirilishi belgilandi. Biroq, D.Raxmonov o`z farzandi oldidagi burchini unutib, aliment pullarini to`lashdan bo`yin tovlab keldi. Shu sababli, unga nisbatan Ulug`nor tuman ma`muriy sudi tomonidan 19.03.2019 yilda 15 kunlik ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Bundan xulosa chiqarmagan D.Raxmonov belgilangan jazosini o`tab bo`lgandan so`ng ham alimentdan bo`lgan qarzdorligini to`lamay yurgan. Natijada hozirgi kunga qadar 6 mln 199 ming 598 so`m aliment qarzdorligi to`lanmagan.

Shuningdek, Fuqarolik ishlari bo`yicha Bo`z tumanlararo sudining 19.03.2012 yildagi sud buyrug`iga asosan undiruvchi N.Po`latova foydasiga qarzdor S.Xudoyberdievdan bir nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun aliment undirish ko`rsatilgan.

Biroq, otalik mas`uliyatini unutib qo`ygan S.Xudoyberdiev 01.05.2019 yil kungacha alimentdan bo`lgan qarzdorligini to`lashdan bo`yin tovlab yurgan. Natijada hozirgi kunga qadar 16 mln 325 ming so`m aliment qarzdorligi to`planib qolgan.

Qayd etilgan holatlar yuzasidan, Majburiy ijro byurosi Ulug`nor tuman bo`limi tomonidan qarzdor otalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 122-moddasiga asosan jinoiy ish qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar