AsosiyJamiyat

Davlat xizmatlarini ko`rsatishda "Ekspress-xizmatlar" soni kengaydi

'Davlat xizmatlarini ko`rsatishda "Ekspress-xizmatlar" soni kengaydi'ning rasmi

Davlat xizmatlari agentligining “Ekspress-xizmatlar” funksiyasidagi xizmatlar soni yana bittaga ko`paydi. Bunda ma`lumotnomalar tayyor bo`lganidan so`ng to`g`ridan-to`g`ri uyingizga yuboriladi.

Avval mazkur qulaylik faqat 3 ta xizmat uchun mavjud edi:

 - sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to`g`risida ma`lumotnomalarni olish;

 - nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to`g`risidagi ma`lumotnomani olish;

 - manzil-ma`lumot axborotlarini taqdim etish xizmatlari.

 Endilikda quyidagi xizmatlar qo`shildi:

 - turar joylarni noturar joy toifasiga o`tkazishga ruxsat berish;

- o`z tarmog`ini yaratish huquqisiz ma`lumotlarni uzatish tarmoqlari orqali provayder xizmatlari ko`rsatishga lisenziya berish;

- otalikni belgilash haqidagi ma`lumotnoma;

- o`lim haqidagi ma`lumotnoma;

- tug`ilganlik to`g`risidagi ma`lumotnoma;

- familiya, ism, sharif o`zgarganligi haqida ma`lumotnoma.

Agentlikning ma`lum qilishicha, xizmatlar soni kengayib boradi. Yuqorida sanalgan xizmat faqatgina ixtiyoriy ravishda ko`rsatiladi. To`lov mavjud bo`lgan xizmatlarda ekspress-xizmatdan foydalanishda, arizachiga ekspress-xizmat invoysi va davlat boji uchun invoys bir vaqtda beriladi. Tayyor hujjatlarni etkazib berish ekspress-xizmati narxi 8000 so`mni tashkil etadi.

“Ekspress-xizmat” ishga tushirilishi Markazlarda mijozlar oqimining keskin kamayishiga xizmat qilib, ortiqcha navbat kutishning oldini olishiga inshochimiz komil, deyiladi agentlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar