Yo`l avtotransport fojealarining oldini olishda avtomobil boshqarish qoidalarini bilish, shoshilmaslik, tezlikni oshirmaslik juda muhim. Ammo afsuski, ayrim haydovchilar bu haqiqatni o`z vaqtida to`liq anglab etmayaptilar. IIB kanalida e`lon qilingan, Qashqadaryoda sodir bo`lgan yo`l-avtotransport xodisasi shunday holatlarga misol bo`lib, barcha haydovchilarni qoidani buzmaslikka chaqiradi.
Xususan, 2019 yil 22 dekabr kuni soat 01:00 larda, Qashqadaryo viloyati G`uzor tumani hududidan o`tgan M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo`lida jiddiy halokat sodir bo`lgan. Bu yo`lning 1249-km.da haydovchi – 1962 yilda tug`ilgan G`uzor tumanida yashovchi B.N. “Damas” rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, quvib o`tish qoidasini buzgan. Buning oqibatida yo`lning qarama-qarshi yo`nalishiga o`tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, haydovchi – Termiz tumanida yashovchi, 1965 yilda tug`ilgan J.B. boshqaruvidagi “Man” rusumli yuk avtomobili bilan to`qnashuv sodir etgan. Natijada, “Damas” rusumli avtomobil haydovchisi B.N. voqea joyida halok bo`lgan.
Ushbu mudhish halokat bir inson o`limiga, oilaning boquvchisiz qolishiga sabab bo`ldi. Ammo uning oldini olish mumkin edi. Avtomobil haydovilar, ogoh bo`ling, shoshilmang, sizni uyda farzandlaringiz kutmoqda.