Zarafshon shahrining "Oltin vodiy" gazetasiga aholi tomonidan qarg`alar "qabristoni" haqida ma`lum qilingan. Bu holat shaharning "Marvarid" ko`chasidagi yo`l yoqasida (mo`ljal: Zarafshon qurilish boshqarmasi ma`muriy binosi, gipermarket tugallanmagan qurilish ob`ekti) aniqlangan. Bu haqda “Ecologuz” xabar berdi.
Bu erda shaharliklar ko`plab qarg`alarning o`lib yotganligining guvoh bo`lishgan.
Ushbu holat yuzasidan shahar obodonlashtirish, veterinariya bo`limi hamda ekologiya inspeksiyasiga murojaat qilingan. Ular voqeadan bexabar ekanligini, ammo yaqin orada o`rganilib, qarg`alar o`limiga nima sabab bo`lganligiga izoh berishlarini ma`lum qilishgan.






