24 dekabr kuni Buxoro shahrida “SEAMO-2019” xalqaro matematika olimpiadasining ilk saralash bosqichida g`oliblikni qo`lga kiritgan o`quvchilarni taqdirlash tadbiri o`tkazildi.
Joriy yilning 12 oktyabr kuni Nodavlat xalqaro olimpiadalar tashkiloti «English Language Proficiency Compitition» MChJ tomonidan “SEAMO-2019” xalqaro matematika olimpiadasining ilk saralash bosqichi o`tkazilgandi.
Xalqaro matematika olimpiadasining ilk saralash bosqichida viloyatning barcha hududlaridan jami 103 nafar 5-11 sinf o`quvchilari ishtirok etishdi.
Ushbu o`quvchilarning 25 nafari oltin, 19 nafari kumush va 18 nafari bronza medallari bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, 30 nafar o`quvchilar faol ishtiroki uchun tashkilotchilar tomonidan diplom bilan taqdirlandi.
Buxorolik oltin, kumush va bronza medallari bilan taqdirlangan 62 nafar o`quvchilar “SEAMO-2019” xalqaro matematika olimpiadasining navbatdagi bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo`lishdi, deya xabar beradi Buxoro viloyati xalq ta`limi boshqarmasi Axborot xizmati.






