AsosiyJamiyat

Endi erda, yo`laklarda sotuvchilik qilayotganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

'Endi erda, yo`laklarda sotuvchilik qilayotganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin'ning rasmi

Vazirlar mahkamasining ayrim qarorlariga qo`shimcha kiritilish mumkin, deb yozadi everyday.uz

Xususan, 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarorida beligalangan chakana savdo bilan bog`liq qoida 4-2 kichik band bilan to`ldiriladi:

“4-2. Tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) er osti yo`llarida, ko`priklarda, avtomobil yo`llarining qatnov qismlarida, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida sotish taqiqlanadi”;

189-band (Ushbu Qoidalarni buzganlik quyidagi hollarda O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga va O`zbekiston Respublikasining Jinoiy kodeksiga muvofiq javobgarlikka sabab bo`ladi) quyidagi mazmundagi o`ninchi xatboshi bilan to`ldiriladi:

“tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) taqiqlangan joylarda sotish”.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalarining 13-bandi (Bozor hududida quyidagilar taqiqlanadi) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to`ldiriladi:

“tovarlar (mahsulotlar) va xizmatlarni bozorga kirish va chiqish yo`laklarida, bozor hududidagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida sotish taqiqlanadi”. 

Hozirda qaror loyihasi muhokamaga qo`yilgan.

Boshqa yangiliklar