AsosiyJamiyat

Tadbirkorga oldindan to`lov qilib chuv tushgan iste`molchiga buyurtmasi undirib berildi

'Tadbirkorga oldindan to`lov qilib chuv tushgan iste`molchiga buyurtmasi undirib berildi'ning rasmi

Yaqinda O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi  Olmaliq shahar ijro etuvchi apparatiga Metallurglar ko`chasida yashovchi R.Qarshievdan murojaat kelib tushgan. Murojaatda yozilishicha, R.Qarshiev eshik­ va rom yasaydigan sexga borib, og`zaki kelishuvga asosan eshik, ­romlar uchun buyurtma bergan va 8 mln. 635 ming so`m oldindan to`lov qilgan. Ammo kelishuv amalda bajarilmagan. Bu haqda Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi mutaxassisi Muhiddin Suyarqulov Darakchiga ma`lum qildi. 

Uning bildirishicha shahar jamiyati xodimlari tomonidan mazkur holat o`rganilib, tadbirkorga iste`molchining huquqlari atroflicha tushuntirildi. Tadbirkor o`z xato va kamchiliklarini vaqtida anglab etdi. Shu kunning o`zida iste`molchiga sifatli eshik va romlar etkazib berilishi ta`minlandi.  

 

Boshqa yangiliklar