AsosiyJamiyat

Farg`onada bir insonning o`limiga sababchi bo`lgan yuk mashina haydovchisiga sud hukmi o`qildi

'Farg`onada bir insonning o`limiga sababchi bo`lgan yuk mashina haydovchisiga sud hukmi o`qildi'ning rasmi

2019 yil 9 yanvar kuni soat taxminan 20-00 lar chamasida, “Farg`ona-Chimyon” yo`lini 18-kmda, yani Chimyon sihatgohiga kirish yo`li bilan tutashgan joyda asosiy yo`ldan harakatlanib kelayotgan fuqaro R.T boshqaruvida bo`lgan bo`lgan “Neksiya 2” rusumli, oq rangli avtomashinaga ikkinchi darajali yo`ldan kelayotgan fuqaro Y.T boshqaruvidagi “Ural 4320” rusumli yuk avtomashinasi boshqaruvni yo`qotishi natijasida o`ng yon tarafiga avtomashinani old bufer qismi bilan  urilishi natijasida R.T boshqaruvidagi avtomashina yo`nalishini yo`qotgan.   

Natijada avtomashina salonida bo`lgan yo`lovchi U.Yu tan jaroxati olib Farg`ona shahar markaziy shifoxonasi jonlantirish bo`limiga yotqizilgan va ko`rsatilgan muolajalarga qaramasdan U.Yu shifoxonada vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona tuman sudi tomonidan fuqaro Y.Tga nisbatan yuritilgan jinoyat ishi sudda ko`rilib, uni aybiga to`liq iqror bo`lgani va qilmishidan chin ko`ngildan pushaymon ekanligi inobatga olinib, unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi, deya xabar berdi Farg`ona viloyati IIB.

    Boshqa yangiliklar