AsosiyJamiyat

Nogiron bo`lib qolgan fuqarolarga nogironlikni rasmiylashtirishda ham tamagirlik qilinyapti

'Nogiron bo`lib qolgan fuqarolarga nogironlikni rasmiylashtirishda ham tamagirlik qilinyapti'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, bugun, 25 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Sog`liqni saqlash vazirligi tizimida korrupsiya holatlari hamda ularni keltirib chiqarayotgan shart-sharoitlarni muhokama qilishga bag`ishlangan Korruasiyaga qarshi kurashish bo`yicha respublika idoralararo komissiyasining yig`ilishi bo`lib o`tdi...

Nig`matulla YO`LDOShEV, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori:

— Nogironligi bo`lgan shaxslarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish va tibbiy reabilitasiya ishlari ham talabga javob bermaydi.

Nogironlik alomatlari yaqqol ko`rinib turgan hamda noxush klinik tashxisga ega fuqarolarga nogironlikni belgilashda byurokratik va korrupsion to`siqlar yaratilganligi ham bor haqiqat.

Masalan, alohida anatomik nuqsonlar, ya`ni qo`l, oyog`i amputasiya qilinganlar, bolalikdan tug`ma nogironlar, daun kasalligiga chalinganlar nogironlikni olish uchun, e`tibor bering, 4 oydan 6 oygacha behuda davolanishga majbur bo`lmoqda.

Birgina misol, Yangiariq tumanida 1994 yilda tug`ilgan, bolalikdan qovurg`alari tug`ma deformasiya bo`lganligi bois, nogironligi yaqqol ko`rinib turgan fuqaro D. nogironlik guruhini olish maqsadida 2019 yil mart oyidan 4 oy - yu 20 kun faqat rasmiyatchilik uchun shifoxonada yotishga majbur bo`lgan.

Respublika bo`yicha nogironligi bo`lgan shaxslar 615 mingdan ortiqbo`lsada, tibbiy-mehnat ekspertizasini to`laqonli o`tkazish, ularni ijtimoiy va kasbiy reabilitasiya qilish uchun reabilitologiya va ergoterapiya mutaxassislari yo`q.

Eng ayanchlisi, nogironlik bilan tug`ilgan yoki nogiron bo`lib qolgan fuqarolar ham nogironlikni rasmiylashtirishda tamagirlikka duch kelmoqda.

Masalan, Kattaqo`rg`on shahar tibbiy maslahat komissiyasi raisi 2-guruh nogironi T.ga umrbod nogironlikni belgilab berish evaziga undan 1,5 mln. so`m pora olganda ushlangan.

 

Sadoqat ALLABERGANOVA

    Boshqa yangiliklar