Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, bojxonachilar tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda Navoiy shahrida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro R.K. savdo majmuasi yonida to`xtatilib, unga tegishli bo`lgan yuklar belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, uning yuklari orasida 6 ming dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






