Qoraqalpog`iston. 2019 yil 21 dekabr kuni taxminan soat 01:30 larda, Qo`ng`irot tumani «Qangli» OFY hududida, temir yo`l stansiyasining ikki ishchisi 36 yoshli T.G. va 28 yoshli E.T.lar o`zaro janjallashib qolib, janjal vaqtida T.G. qo`l va oyoqlari bilan fuqaro E.T.ni tanasining turli qismlariga bir necha marotaba urib, tan jarohati etkazgan.
Natijada E.T. bosh miya og`ir jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan, ammo ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo`ng`irot tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan fuqaro T.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o`limiga olib kelgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida T.G.ga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e`lon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deya xabar berdi IIV huzuridagi Tergov departamenti






