Uzbekistan Airways’ kompaniyasining «Moskva—Toshkent» yo`nalishida parvoz qilayotgan samolyotda o`zbekistonlik erkak vafot etdi. Bu haqda «MK.ru» manbasiga asoslanib Daryo xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, 26 dekabrga o`tar kechasi soat taxminan 1:00 larda Vnukovo aeportidan Toshkentga uchib ketgan 602-reys parvozi bekor qilinib, samolyot ortga qaytishi haqida xabar kelib tushgan.
Bunga samolyot yo`lovchilaridan biri – 50 yoshli O`zbekiston fuqarosining tobi qochgani sabab bo`lgan. Samolyot soat 1:10 da aeroportga qo`ngan, lekin shifokorlar erkakning hayotini saqlab qola olmagan.






