1

Farg`onada “Nexia” “Isuzu” avtobusi bilan to`qnashuv oqibatida to`rt yo`lovchi halok bo`ldi

Jamiyat 27.12.2019, 09:52
Farg`onada “Nexia” “Isuzu” avtobusi bilan to`qnashuv oqibatida to`rt yo`lovchi halok bo`ldi

2019 yilning 26 dekabr kuni soat taxminan 19:30 larda Oltiariq tuman hududida “4P112 Farg`ona-Qo`qon” xalqa yo`lining 241 km.da 2 ta “Nexia” rusumli avtomashinalari va “ISUZU” rusumli avtobusi ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.

Dastlabki ma`lumotga ko`ra, avtobus ichida haydovchi bilan birga jami 9 nafar shaxslar bo`lgan. Aynan avtobus bilan to`qnashgan “Nexia” rusumli avtomashina salonidagi 4 nafar yo`lovchilar olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi, O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1