1

Bosh prokuror Qarshidagi “Nogironligi bo`lgan bolalar uchun Muruvat internat uyi”ga tashrif buyurdi

Jamiyat 27.12.2019, 10:32
Bosh prokuror Qarshidagi “Nogironligi bo`lgan bolalar uchun Muruvat internat uyi”ga tashrif buyurdi

Prokuratura organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ommaviy sayyor qabullar hamda videokonferensaloqa orqali qabullar o`tkazib, fuqarolar bilan ochiq muloqatni kengaytirish, ularning muammolarini hal etishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda. O`tkazilayotgan qabullarda fuqarolarning bir necha yillardan buyon o`zining echimini topmayotgan muammo va takliflarini joyida hal etishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Shunga ko`ra, 2019 yil 26 dekabrda Bosh prokuror N.Yo`ldoshev tomonidan Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul o`tkazdi... 

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot ShAMSUTDINOV "darakchi.uz"ga xabar qildi.

Sayyor qabulda jami 39 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinib, ularning murojaatlari olindi. 

Murojaatlarning 

  • 9 tasi sud masalalari, 
  • 4 tasi prokuratura,
  • 5 tasi ichki ishlar organlari faoliyatlariga, 
  • 21 tasi boshqa masalalarga oid.

Shuningdek, Bosh prokuror Qarshi shahridagi “Nogironligi bo`lgan bolalar uchun Muruvat internat uyi”ga tashrif buyurib, yangi yil bayrami munosabati bilan 30 dan ortiq muruvvat uyi tarbiyalanuvchilariga turli xil qimmatbaho sovg`alar topshirdi.

Shu kabi, Bosh prokuror Qarshi tumanidagi ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli, aholining turmush tarzi bilan tanishib, tumandagi “Mirmiron” m.f.y. aholisi bilan uchrashdi, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi kam ta`minlangan oila xonadoniga tashrif buyurib, ularning turmush tarzi va oilaviy ahvolidan xabar oldi.

Mazkur xonadondagi 3 sotix foydalanilmayotgan er maydonida qo`shimcha daromad olish uchun issiqxona tashkillashtirish yuzasidan tuman prokurori va hokimiga ko`rsatma berilib, shu kunning o`zida issiqxonaning qurilish ishlari boshlandi.  

Bosh prokurorning tashrifi doirasida ushbu mahalla fuqarolar yig`ini hududidagi 1,2 km. masofadagi tuproq yo`lga shag`al yotqizilishi, ko`cha bo`ylab simyog`ochlari o`rnatildi.

Fuqarolar tomonidan qabulda topshirilgan murojaatlar nazoratga olinib, qonuniy hal etilishi ta`minlanadi.

Sadoqat Allaberganova

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1