AsosiyJamiyat

Respublika oliy ta`lim kengashi faoliyatining yo`nalishlari belgilandi

'Respublika oliy ta`lim kengashi faoliyatining yo`nalishlari belgilandi'ning rasmi

“Respublika oliy ta`lim kengashini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Respublika oliy ta`lim kengashi faoliyatining yo`nalishlari belgilandi.

O`quv dasturlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, oliy ta`limni davlat tomonidan boshqarish tizimi samaradorligini tahlil qilib borish Kengash faoliyatining yo`nalishlaridan biridir. 

Kengash yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi.

Kengash kotibiyati xodimlari mehnatiga haq to`lash shartlari bo`yicha oliy ta`lim muassasasining professori lavozimiga tenglashtiriladi.

Qaror bilan Respublika oliy ta`lim kengashi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko`ra, Kengash tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar respublikadagi barcha OTMlarga, manfaatdor markazlar va tashkilotlarga tatbiq etiladi.

Ma`lumot uchun: Respublika oliy ta`lim kengashi Prezidentning 2019 yil 8 oktyabrdagi Farmoniga asosan tashkil etilgan

    Boshqa yangiliklar