Jizzax viloyati prokurorlari sektorlarida aholi muammolarini aniqlash va hal etishda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.08.2017 yildagi PQ–3182-son qarori va 02.04.2019 yildagi PF–5700-son Farmonida belgilangan “mahalla – tuman (shahar) – viloyat – respublika” hamda “mahalla – sektor – Xalq qabulxonasi – mahalla” prinsiplari asosidahududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa ob`ektlarni o`rganish orqali muammolarni aniqlash va hamkorlikda bartaraf etish choralarini ko`rish bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jizzax viloyati tuman va shaharprokurorlari sektorlari 70 ta fuqarolar yig`ini hududidagi 54 764 ta xonadonda yashovchi 335 354 nafar fuqaroning turmush tarzini, oilaviy ahvolini, ularning ijtimoiy muhofazasi, uy-joy va kommunal sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar samarali tashkil etilmoqda.
Buning uchun prokurorlar sektorlari hududida 80 ta kichik guruh tashkil etilib, ularga 347 nafar xodim (mutaxassis) jalb etilgan.
2019 yilning o`tgan davrida ushbu kichik guruhlar tomonidan aholi xonadonlariga uyma-uy yurish davomida aniqlangan 31 288 ta muammo bartaraf etilgan.
Xususan, Zomin tumani “Pshag`or” MFYda yashovchi 2-guruh nogironi X.Toshmatovning uyi yangitdan zamonaviy usulda qurib berilib, unga 2 ta isitish pechi va 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ijtimoiy yordam sifatida berilgan.
Paxtakor tuman “G`alaba” MFYda yashovchi boquvchisini yo`qotgan 2-guruh nogironi fuqaro F.Axmerovaga uch sotix er maydoni ajratilib, barcha qulayliklarga ega ikki xonali uy qurib berilishida amaliy yordam ko`rsatilgan.
Arnasoy tumani prokuror sektorida “Har bir oila tadbirkor dasturi” doirasi kam ta`minlangan oilalarga tikuv mashinasi va mikropechlar tarqatilgan hamda G`allaorol tumanida tijorat banklarining imtiyozli kreditlar asosida 27 nafar fuqaroga yuk tashishga mo`ljallangan mototransport vositalari berilgan.
Shu bilan bir qatorda, ijtimoiy va boshqa ob`ektlarda aniqlangan
5 499 ta muammo bartaraf etilgan.
Masalan,Jizzax shahar “Sayxon” mahallasidagi 5-sonli oilaviy poliklinika filiali ta`mirdan chiqarilib, ushbu poliklinika binosida joylashgan “Ijtimoiy dorixona” foydalanishga topshirildi.
Yangiobod tumani “Xo`jamushkent” mahallasida aholini qiynab kelayotgan umumiy muammolar echimi yuzasidan hududdagi 380 metr soy yo`li ta`mirlandi hamda mahallaning 200 metrdan ortiq ichki yo`llariga shag`allar yotqizildi.
Zomin tumani “Yoshlik” mahallasidagi eskirgan va ta`mirtalab simyog`ochlar o`rniga 7 ta beton ustun hamda 1 ta transformator o`rnatilib, uzunligi 350 metr bo`lgan elektr simlar tortildi va shu orqali aholining elektr ta`minotiga bo`lgan ehtiyojlari qondirildi.
Viloyatdagi prokurorlar sektorlarida Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusni ro`yobga chiqarishga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Xususan, Paxtakor tuman prokurori sektori hududidagi “Olmazor” QFYda yashovchi fuqaro D.Ergashev tomonidan qiymati 1 mlrd 800 mln so`m kredit mablag`lari asosida 0,25 ga er maydonida “Paxtakor baraka chevarlari” MChJ tashkil etilib, ushbu hududdagi ishsiz 110 nafar xotin-qizlarning bandligi ta`minlandi.
Shu bilan bir qatorda, viloyatdagi prokurorlar sektorlarida har bir hududda aniqlangan muammolarni hal etish, tadbirkorlikni rivojlantirish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`yicha ishlarni tashkil etishga qaratilgan “yo`l xaritalari” ishlab chiqilib, ularning ijro yuzasidan sektorlar rahbarlarining tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobotlarini eshitish amaliyoti yo`lga qo`yilgan.
Bunday ijobiy ishlarni viloyatning boshqa hududlarida ham kuzatish mumkin.
Bir so`z bilan aytganda hududlarni sektorlar kesimida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yangi tizimi o`zining ijobiy natijalarini bermoqda. Hududlarda prokurorlar sektorlar faoliyatini samarali yo`lga qo`yish xalq prokuraturasini shakllantirishning muhim omillaridan biri ekanligini to`liq anglab etdi.
M.Islamov, Bosh prokuratura
boshqarma katta prokurori