AsosiyJamiyat

«Adolat» SDP Toshkent shahar Kengashidan Parlamentga uch nafar deputat saylandi — ularning barchasi ayollar!

'«Adolat» SDP Toshkent shahar Kengashidan Parlamentga uch nafar deputat saylandi — ularning barchasi ayollar!'ning rasmi

Markaziy saylov komissiyasi shu yil 22 dekabr kuni yurtimizda bo`lib o`tgan saylovning dastlabki natijalarini e`lon qildi. Unga ko`ra “Adolat” SDP Toshkent shahar Kengashidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 3 nafar deputat saylandi va tahsinga sazovor jihati ularning barchalari ayollar!  

Quyida parlamentga saylangan deputatlarimiz bilan tanishing:

147-To`qimachi saylov okrugidan Elena Mixaylovna Borisova — 1955 yil Toshkent shahrida tug`ilgan, ma`lumoti – oliy, mutaxassisligi – davolash ishi, shifokor terapevt, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktorining Davolash ishi bo`yicha o`rinbosari, Toshkent shahrida yashaydi, O`zbekiston “Adolat” SDP a`zosi.

141-Temiryo`lchi saylov okrugidan Oydin Utamuradovna Abdullaeva — U  1976 yil Toshkent shahrida tug`ilgan, ma`lumoti – oliy, mutaxassisligi – bastakor, tanqidchi musiqashunos, o`qituvchi, O`zbekiston davlat konservatoriyasi “Bastakorlik va cholg`ulashtirish” kafedrasi mudiri, Toshkent shahrida yashaydi, O`zbekiston “Adolat” SDP a`zosi.  

149-Qo`yliq saylov okrugidan saylangan Gulrux Anvarovna Agzamova —  1968 yil Toshkent shahrida tug`ilgan, ma`lumoti – oliy, mutaxassisligi – faylasuf, ijtimoiy-siyosiy fanlar o`qituvchisi, boshqaruv magistranti, O`zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi Markaziy apparati Ayollar va yoshlarning siyosiy faolligini oshirish bo`limi mudiri, Toshkent shahrida yashaydi, O`zbekiston “Adolat” SDP a`zosi.

 

    Boshqa yangiliklar