Buxoro tumani «Ko`chko`mar» MFYda Yong`in-qutqaruv xizmati uchun ikki qavatli yangi binoni qurilib foydalanishga topshirildi.
Mazkur inshootda ko`rgazmali vositalar, zarur inventarlar bilan jihozlangan o`quv-amaliy mashg`ulotlar hamda gaz-tutundan himoyalash xonalari, transport vositalariga texnik xizmat ko`rsatuvchi garaj, shuningdek, sport zali va oshxona talab darajasida hozirlandi.
Tuman yong`in qutqaruv qismi binosining ochilish marosimida Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutasaddilari, viloyat hokimi O`ktam Barnoev, viloyat Yong`in xavfsizligi boshqarmasi rahbariyati, tuman hokimligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tartanali tadbirda so`z olganlar bu kabi zamoanaviy sharoitlar shaxsiy tarkibning o`z xizmat vazifasiga yanada mas`uliyat bilan yondashishi, ijtimoiy-iqtisodiy maskanlar, fuqarolar xonadonlarini yong`inlardan himoya qilishga bor kuch g`ayratini safarbar etishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.
O`tkazilgan tadbirning yana bir quvonarli jihati shunda bo`ldiki, shu kunning o`zida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yong`in xavfsizligi boshqarmasi tashabbusi bilan hududda yashovchi kam ta`minlangan ijtimoiy-himoyaga muhtoj oilaning farzandiga sunnat to`yi tashkillashtirildi.