AsosiyJamiyat

Farg`onada beton to`siqqa urilgan Lacetti yonib ketdi va ikki nafar yo`lovchi halok bo`ldi

'Farg`onada beton to`siqqa urilgan Lacetti yonib ketdi va ikki nafar yo`lovchi halok bo`ldi'ning rasmi

Dang`arada avtomobil yonib ketdi, deya ma`lum qildi IIV YHXBB Axborot xizmati.

2019 yil 27 dekabr kuni 08:00 larda, Farg`ona viloyati Dang`ara tumani hududidan o`tuvchi 4R-126 “Baliqchi-Mingbuloq-Nayman-Pungon” avtomobil yo`lining 3-km.da, haydovchi Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan A.O. “LASETTI” rusumli avtomobilini boshqarayotib, rulda uxlab qolgan. Natijada mashina yo`lning o`ng tomonidagi beton to`siqqa urilgan va u to`liq yonib ketgan. Avtomobil yo`lovchilari Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchilar, 1992 yilda tug`ilgan D.Sh. va 1999 yilda tug`ilgan A.A.lar vaqea joyida halok bo`lganlar, deyiladi rasmiy xabarda.

    Boshqa yangiliklar