1

Litvadagi o`zbeklarga yordam qo`li cho`zildi, ularni jo`natgan bandlik agentligi endi javob beradi

Jamiyat 28.12.2019, 21:08
Litvadagi o`zbeklarga yordam qo`li cho`zildi, ularni jo`natgan bandlik agentligi endi javob beradi

Avvalroq, Latviya va Litva davlatiga ishga yuborilgan o`zbeklar og`ir vaziyatga tushib qolgani haqida xabar bergan edik. 

Ayni paytda Litvada og`ir vaziyatga tushib qolgan O`zbekiston fuqarolari yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining bayonoti e`lon qilindi

Internet tarmog`idagi turli axborot kanallarida “AMILEE BAHORA” xususiy bandlik agentligi orqali xorijga ishga ketgan O`zbekiston Respublikasi bir guruh fuqarolarining Litva poytaxti Vilnyus shahrida qiyin ahvolda mehnat qilayotgani to`g`risida ma`lumotlar tarqaldi.

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi mazkur holatni o`rganish maqsadida Vilnyusdagi fuqarolar bilan bog`landi. Vaziyatni o`rganish yuzasidan ishlar davom ettirilmoqda.

Ayni paytda Agentlik Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasida zaxiralangan mablag`lar hisobidan jabrlanganlarga moddiy yordam ko`rsatish, Litvadan qaytish istagidagi fuqarolarni O`zbekistonga olib kelish choralarini ko`rmoqda.

Ushbu fuqarolarni xorijga ishga jo`natish majburiyatlarini to`liq darajada bajarmagan “AMILEE BAHORA” xususiy bandlik agentligiga nisbatan belgilangan tartibda jazo choralarini ko`rish, lisenziyalanadigan faoliyat turini kamchiliklar bartaraf qilingunga qadar to`xtatib turish masalasi ko`rib chiqilmoqda.

Shu bilan birga, xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimizdan mehnat huquqlari buzilganda yoki og`ir ahvolga tushib qolganda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga 71 202-33-55 telefon raqami orqali murojaat qilishlari so`raladi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga to`g`ridan-to`g`ri murojaat qilish muammo manzilini imkon qadar tezroq aniqlash va uni hal qilish yuzasidan tezkor choralarni ko`rishga yordam beradi, deyilgan rasmiy xabarda. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1