Xorazmdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida 28 dekabr kuni o`tkazilgan tibbiy ekspertiza Nafosat Olloshukurovaning salomatligi yaxshilanganligi aytilmoqda.
Ushbu xabarni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi ham tasdiqladi.
«Agentligimizda Nafosat Olloshukurova masalasiga bag`ishlab alohida matbuot anjumani tashkil etilib, uning salomatligi haqida batafsil ma`lumotlar berilgan edi. Endilikda uning muolajalari nihoyasiga etdi va u yangi yilni ota-onasi hamda farzandlari bag`rida kutib olishi uchun barcha sharoit yaratildi», deyiladi AOKA xabarida.






