“Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2020-2022 yillarda Respublika bolalar kutubxonasi faoliyatini takomillashtirish dasturi hamda uni amalga oshirish bo`yicha kuzatuv kengashi tarkibi tasdiqlandi.
Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi Kuzatuv kengashining ishchi organi hisoblanadi.
2021 yil 1 mayga qadar Respublika bolalar kutubxonasi joylashgan bino rekonstruksiya qilinadi.
Qaror bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq, kutubxonada, jumladan:
*umumta`lim muassasalarining o`quvchilari uchun multimedia ta`lim laboratoriyasi tashkil etiladi;
*bolalar ta`lim “co-working” platformasi va badiiy studiya tashkil etiladi;
*tashrif buyuruvchilarga xizmatlarni inklyuziv ko`rsatish uchun shart-sharoitlar yaratiladi;
* nodir kitob nashrlarini saqlash uchun kutubxona arxivi faoliyati yo`lga qo`yiladi.






