Joriy yilning 28 dekabr kuni soat 17:10 larda, Namangan viloyati Pop tumani hududidan o`tgan A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining 223-kilometrida inson o`limi bilan yakun topgan YTH sodir bo`ldi.
O`zbekiston Respublikasi IIV Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining habariga ko`ra, haydovchi Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida yashagan, 1994 yilda tug`ilgan D.O. “Isuzu” rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, haydovchining xavfli burilishda harakat xavfsizligini ta`minlay olmaganligi sababli, yo`lni ikkiga ajratib turuvchi temir to`siqqa urilgan va natijada avtomashina ag`darilgan.
Undan tashqari, avtomobil qarama-qarshi yo`nalishga o`tib ketib, shu yo`nalishda harakatlanib kelayotgan, haydovchi Uychi tumanida yashovchi, 1993 yilda tug`ilgan V.M. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomobili bilan to`qnashuv sodir etgan. Natijada “Isuzu” rusumli avtomobil haydovchisi D.O. voqea joyida halok bo`lgan.