AsosiyJamiyat

"Tashkent City"da Yangi yil kechasi bayram tungi soat uchgacha davom etadi

'"Tashkent City"da Yangi yil kechasi bayram tungi soat uchgacha davom etadi'ning rasmi

Yangi yil bayrami munosabati bilan 30 va 31 dekabr kunlari "Tashkent City" bog`ining mehmonlarini noodatiy ko`ngilochar dasturlar kutmoqda, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi. 

Bog` bo`ylab bolalarga 20 dan ortiq animatorlar quvonch bahsh etadi. Ikkita sahnada mashhur san`at ustalari, QVZ va bolalar musiqiy jamoalari o`zlarining bayramona dasturlarini taqdim qilishadi, mashhur boshlovchilar aksiya va o`yinlar o`tkazishadi.                   

"Tashkent City" ma`muriyatining ma`lumotiga ko`ra, bayram dasturlarida estradamizning eng mashhur yulduzlarining chiqishi kutilmoqda. Ko`ngilochar tadbirlarda ishtirok eting va bayramona kayfiyatga ega bo`ling.

Yangi yil kechasi bayram tungi soat uchgacha davom etadi.

    Boshqa yangiliklar