Toshkent viloyati O`rta Chirchiq tumani Qumovul QFYda yashovchi, 2002 yilda tug`ilgan S. A. o`z uyida pirotexnika vositasi qo`lida portlashi oqibatida jiddiy jarohat oldi.
Shundan so`ng u zudlik bilan tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinib, birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan. Ammo olgan jarohatining jiddiyligini hisobga olib, tezkor ravishda “tez yordam” mashinasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialining jonlantirish bo`limiga “Chap qo`l panja sohasida katta hajmli ezilib, yirtilgan jarohati. To`rinchi va beshinchi barmoqlar jarohati va tirnoq falangasining travmatik uzilishi” tashxisi bilan yotqizildi.
Malakali shifokorlar shu zahotiyoq jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o`tkazishdi. Ayni paytda davolash muolajalari davom etmoqda.
Shu o`rinda Sog`liqni saqlash vazirligi aholiga, jumladan, ota-onalarga o`z farzandlarini pirotexnika vositalaridan foydalanmaslikka, ularning sog`lig`i va hayotiga xavf tug`diruvchi bunday xafli xatarlardan ehtiyot bo`lishlarini yana bir bor so`rab qoladi.






